Ronaldu mojarosi Jezusning Al-Nasrdagi kelajagini so'roq ostiga qo'ydi

Al-Nasrda Krishtianu Ronaldu bilan bog'liq vaziyat bosh murabbiy Zhorzhe Jezusning klubdagi kelajagiga ham bevosita ta'sir qilishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Portugaliyalik mutaxassis Al-Nasr taklifini qabul qilishida yulduzli vatandoshi muhim omillardan biri bo'lgan. Biroq 41 yoshli hujumchi jamoa uchrashuvlarida qatnashmay, o'yinlarni boykot qilishda davom etmoqda va yozda klubni tark etishi ehtimoli bor. Al Nassr Zone saudiyalik OAVga tayanib xabar berishicha, Jezus Ronaldu masalasi hal bo'lmaguncha shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralarga kirishmaslik pozitsiyasida. 71 yoshli murabbiyning amaldagi bitimi mavsum yakunida tugaydi.
Zhorzhe Jezus Al-Nasr bosh murabbiyi sifatida 2025 yil iyul oyida ish boshlagan. U bungacha ikki yil davomida Al-Hilolni boshqargan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!