Boka Huniors klubida yangi sport direktori ish boshladi

Argentina grandi «Boka Huniors» sport direktori lavozimiga Marselo Delgado tayinlanganini e’lon qildi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqindan hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jamoa tarkibini tezkor kuchaytirish zarurati borligi qayd etilmoqda va Delgado hamda Rikelme oldida transfer hamda sport siyosati bo‘yicha muhim vazifalar turibdi.
Delgado futbolchilik faoliyatida ham nom qoldirgan: u 1995–2002 yillarda Argentina terma jamoasi safida 18 ta o‘yin o‘tkazib, 1998 yilgi Jahon chempionatida ham maydonga tushgan.
Shuningdek, 2003 yilda u «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga Libertadores kubogining eng sermahsul to‘purari bo‘lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing