date

Ronalduning mojarosi Al-Nasr bosh murabbiyini ketishga undashi mumkin

Ronalduning mojarosi Al-Nasr bosh murabbiyini ketishga undashi mumkin

Krishtianu Ronalduning atrofidagi vaziyat «Al-Nasr»da bosh murabbiy Jorje Jezushning kelajagiga bevosita ta'sir qilishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Portugaliyalik mutaxassis klub bilan kelishuvga ko‘p jihatdan o‘zining mashhur vatandoshi omili sabab rozi bo‘lgani aytilmoqda. 41 yoshli hujumchi jamoa o‘yinlarini boykot qilishda davom etmoqda, yozda esa klubni tark etishi ehtimoli bor.

Al Nassr Zone nashri Saudiya OAVlariga tayanib xabar berishicha, Jezush Ronalduga doir masala yakuniga yetmaguncha «Al-Nasr» bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarga kirishmoqchi emas. 71 yoshli murabbiyning amaldagi bitimi mavsum oxirida yakunlanadi.

Jorje Jezush «Al-Nasr»dagi ishini 2025 yil iyulda boshlagan. Bungacha u ikki yil davomida «Al-Hilol»ni boshqargan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronalduning mojarosi Al-Nasr bosh murabbiyini ketishga undashi mumkin