Denis Makarov jarohat sabab noma’lum muddatga safdan chiqdi

Turkiyaning “Kayserispor” klubida to‘p surayotgan rossiyalik yarim himoyachi Denis Makarov jarohat olib, noma’lum muddatga maydonga tusha olmaydi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Tibbiy tekshiruvlar natijasida futbolchining o‘ng sonining yuqori qismidagi mushaklar guruhida yengil shikast va shish aniqlangani ma’lum qilindi. Hozirda Makarovning davolanish jarayoni davom etmoqda.
Makarov “Kayserispor” safidagi debyutini 3 fevral kuni “Galatasaray”ga qarshi o‘yinda o‘tkazgandi. Uchrashuv 0:4 hisobida yakunlangan, klub esa turnir jadvalida 17-o‘rinda borib, quyi ligada qolish uchun kurashmoqda. Avvalroq yarim himoyachi Moskvaning “Dinamo” klubida o‘ynagan va jamoani erkin agent sifatida tark etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!