Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenhxua Osiyoda yana yutqazdi

Leonid Slutskiy boshqaruvidagi «Shanxay Shenhxua» Osiyo Chempionlar ligasida navbatdagi uchrashuvdan ham ochkosiz qaytdi. Xitoy klubi umumiy bosqichning 6-turida safarda «Sanfrecce Hirosima»ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
O'yindagi yagona gol 78-daqiqada urildi: yaponlar safida himoyachi Hayato Araki hal qiluvchi zarbani amalga oshirdi. Bu natija «Shanxay Shenhxua» uchun turnirdagi ketma-ket uchinchi mag'lubiyat bo'ldi.
Olti turdan so'ng Slutskiy jamoasi 4 ochko bilan turnir jadvalida 11-o'rinda bormoqda. «Hirosima» esa 11 ochko jamg'argan holda uchinchi pog'onada joylashgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing