Inter Federico Dimarko bilan shartnomani uzaytirishga yaqin

Milaning “Inter” klubi himoyachisi Federico Dimarko bilan yangi kelishuv bo‘yicha yakuniy bosqichga yaqin turibdi. Insayder Nikolo Skira xabariga ko‘ra, futbolchi 2030 yilgacha mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekish arafasida. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko‘ra, Angliya Premyer-ligasining bir nechta klublari Dimarkoga qiziqish bildirgan, biroq muzokaralar aniq takliflarga aylanmagan. Hozircha ham “Inter”, ham Dimarko hamkorlikni davom ettirishni ustuvor deb bilmoqda.
28 yoshli chap qanot himoyachisi “Inter” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U “Syon”, “Parma”, “Verona” va “Askoli”dagi ijara davrlaridan so‘ng jamoaga qaytib, “neradzurrilar”ning asosiy yetakchilaridan biriga aylandi.
Joriy mavsum Dimarko 31 o‘yinda maydonga tushib, 6 gol urdi va 13 assist qayd etdi. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi, Transfermarkt esa futbolchini 50 million yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!