Holann gol samaradorligidan qoniqmayapti va o'z ustida ishlamoqchi

«Manchester Siti»ning markaziy hujumchisi Erling Holann so'nggi o'yinlardagi gol ko'rsatkichlari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Norvegiyalik forvard 2026 yil boshidan beri barcha musobaqalarda 12 ta uchrashuvda atigi uch marta raqib darvozasini ishg'ol qildi.
«Men yanada jam bo'lishim, hamma jihatdan yaxshiroq o'ynashim kerak — aynan shuning ustida ishlayman. Nega yaxshi natija ko'rsata olmaganim haqida gapirishni istamayman. O'ylashimcha, bunga oqlov yo'q», — deya Holannning so'zlarini ESPN keltirdi.
Joriy mavsumda 25 yoshli hujumchi barcha turnirlarda 36 o'yinda maydonga tushib, 28 gol va 6 assist qayd etdi. Holannning «Manchester Siti» bilan shartnomasi 2034 yilga qadar amal qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing