Djikija Antalyaspor'dagi holati haqida qisqa javob berdi

«Antalyaspor» himoyachisi Georgiy Djikija Turkiyadagi faoliyati borasida fikr bildirdi. 32 yoshli futbolchining qisqa izohi «FNL s Ilyovym» telegram-kanalida e'lon qilingan videoda keltirildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jurnalistlar Djikijadan klubdagi ishlari qanday ketayotgani va Turkiyadagi sharoitlar ko'ngildagidekmi, deb so'rashdi. Himoyachi esa barchasi joyida ekanini aytib, Turkiyada hamma narsa ma'qul kelayotganini tabassum bilan tasdiqladi.
Djikija «Antalyaspor» safiga o'tgan yozda kelib qo'shilgandi. Shundan buyon u 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol muallifiga aylangan.
Hozirda «Antalyaspor» Turkiya Superligasi turnir jadvalida 14-o'rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi o'yinini 13-fevral kuni o'z maydonida «Samsunspor»ga qarshi o'tkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!