Al-Nasr Ronaldu qoʻygan ikki shartni bajardi

Krishtianu Ronaldu norozilik sifatidagi boykotini yakunlamoqda. Kutilishicha, portugaliyalik yulduz dam olish kunlari Saudiya Arabistoni chempionatida «Al-Fateh»ga qarshi uchrashuvda maydonga tushadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
A Bola xabariga ko‘ra, Ronaldu bosimi fonida «Al-Nasr» rahbariyati ikki talabni ado etdi. Avvalo, Ar-Riyod klubi so‘nggi soatlarda xodimlar oldidagi qarzdorliklarni yopdi.
Shuningdek, Ronalduning sport bloki ichidagi yaqin odamlari — Joze Semedu va Simau Kontinyo — avvalgi vakolatlarini qayta tikladi. Avvalroq ushbu ikki funksioner qishki transfer kampaniyasi jarayonida muhim rol o‘ynay olmagandi.
Hozirda «Al-Nasr» Pro-liga jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda va «Al-Hilol»dan bir ochko ortda qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing