date

Chempionlar ligasi finali uchun yangi to‘p namoyish etildi

Chempionlar ligasi finali uchun yangi to‘p namoyish etildi

Chempionlar ligasida umumiy bosqich yakuniga yetdi. Endilikda pley-off o‘yinlari boshlanadi: 16 jamoa styk raundida maydonga tushib, 1/8 final yo‘llanmasi uchun kurashadi. Umumiy bosqichning eng yaxshi sakkiz jamoasi esa 1/8 finalga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqib bo‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shu bilan birga, UEFA Chempionlar ligasi finali uchun mo‘ljallangan rasmiy to‘pni taqdim etdi. U qora-to‘q ranglar uyg‘unligida, oq yulduzlar bilan bezatilgan. To‘pni Adidas kompaniyasi ishlab chiqargan.

2025/2026 yilgi mavsum final uchrashuvi Budapeshtda o‘tkaziladi. “Quloqli” sovrin uchun hal qiluvchi bahs 30 may, shanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Hozirgi chempion — PSJ. O‘tgan finalda parijliklar “Inter”ni mutlaqo imkoniyatsiz qoldirib, 5:0 hisobida g‘alaba qozongandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Chempionlar ligasi finali uchun yangi to‘p namoyish etildi