Pochettino APLni yutishga va yana Angliyaga qaytishga ishonadi

“Tottenhem”ning sobiq bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Angliya Premyer-ligasini sog‘ingani va bu musobaqaga albatta qaytish niyatida ekanini yashirmadi. Mutaxassis o‘zini APLda yana katta natijalar uchun tayyor deb bilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Pochettinoning aytishicha, Premyer-ligani qo‘lga kiritish uning eng katta orzularidan biri. “Men yana urinib ko‘raman. APLni yutish — mening orzuim. Qachon va qaysi jamoa bilan ekanini bilmayman, ammo bunga tayyorman. Hozir murabbiylik faoliyatimning eng pishiq davridaman”, — deya uning so‘zlarini derbyderbyderby.it keltiradi.
Hozirda Pochettinoning sobiq jamoasi bo‘lgan Londonning “Tottenhem” klubi chempionat turnir jadvalida 15-o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing