date

Nepomnyashchiy Safonovning PSJdagi so'nggi o'yinlarini baholadi

Nepomnyashchiy Safonovning PSJdagi so'nggi o'yinlarini baholadi

Rossiyalik taniqli murabbiy Valeriy Nepomnyashchiy Fransiyada to'p surayotgan PSJ darvozaboni Matvey Safonovning so'nggi uchrashuvlardagi harakatlariga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Yaqinda Rossiya terma jamoasi posboni joriy mavsumdagi yettinchi o'yinini o'tkazdi. Parij klubi prinsipial bahsda «Marsel»ni yirik hisobda mag'lub etdi — 5:0.

«Men doim aytaman: u o'ynashi kerak. Xudo xohlasa, shunday davom etadi. U o'z o'yini bilan ko'p bora hammasini isbotlagan», — deya Nepomnyashchiyning so'zlarini «Match TV» keltiradi.

Eslatib o'tamiz, Safonov 2023 yilda «Krasnodar»dan Liga 1 ga ko'chib o'tgan. PSJ safida 26 yoshli darvozabon Chempionlar ligasi, FIFA Qit'alararo kubogi, UEFA Superkubogi, shuningdek Fransiyadagi barcha asosiy sovrinlar — Liga 1, Kubok va Superkubokni qo'lga kiritgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Nepomnyashchiy Safonovning PSJdagi so'nggi o'yinlarini baholadi