date

Chempionlar Ligasi finali uchun rasmiy to'p taqdim etildi

Chempionlar Ligasi finali uchun rasmiy to'p taqdim etildi

Chempionlar Ligasida umumiy bosqich yakuniga yetdi. Endi navbat pley-off o'yinlariga: 16 jamoa qo'shimcha styk raundida kuch sinashib, 1/8 final uchun sakkizta yo'llanmani taqsimlaydi. Umumiy bosqichning eng kuchli sakkiz jamoasi esa 1/8 finalga muddatidan avval yo'l oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shu orada UEFA Chempionlar Ligasi finali uchun mo'ljallangan rasmiy to'pni ommaga ko'rsatdi. U qoramtir ranglarda ishlangan bo'lib, oq yulduzlar bilan bezatilgan. To'p Adidas kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan.

2025/2026 yilgi mavsum finali Budapesht shahrida bo'lib o'tadi. “Quloqli” sovrin uchun hal qiluvchi uchrashuv 30 may, shanba kuni o'tkaziladi.

Hozirgi amaldagi chempion — “PSJ”. O'tgan finalda parijliklar “Inter”ni 5:0 hisobida mag'lub etib, raqibiga imkon qoldirmagan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Chempionlar Ligasi finali uchun rasmiy to'p taqdim etildi