Chikago Fayer Lewandovski borasida munosabat bildirdi

Amerikaning «Chikago Fayer» klubi bosh murabbiyi Gregg Berhalter «Barselona» hujumchisi Robert Lewandovskining ehtimoliy transferi yuzasidan fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassis muzokaralar tafsilotlarini ochiqlashni istamasligini aytarkan, polshalik yulduzning o'yin darajasini alohida ta'kidladi. «Robert aqlbovar qilmas futbolchi. So'nggi 15 yilda top-5 ligalarda undan ko'proq gol urgan futbolchi bo'lmagan. U qaysi jamoada bo'lmasin, saviyasini isbotlay oladi. Men anchadan beri uning muxlisiman», — deya Berhalterning so'zlarini Sport.es keltirdi.
Avvalroq OAV «Chikago Fayer» Lewandovskiga ikki yillik shartnoma taklif qilgani haqida xabar tarqatgan edi.
Lewandovskining «ko'k-anorranglilar» bilan amaldagi shartnomasi 2025/2026 yilgi mavsum yakunida tugaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!