Georgiy Djikiya Antalyaspor'dagi holati haqida gapirdi

Turkiyaning «Antalyaspor» klubi himoyachisi Georgiy Djikiya jamoasidagi vaziyati bo'yicha savollarga javob berdi. 32 yoshli futbolchining qisqa intervyusidan lavhani «FNL s Ilyovym» telegram-kanali e'lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
— «Antalyaspor»dagi ishlaringiz qalay? — degan savolga Djikiya: «Hammasi yaxshi, rahmat», — deya javob qaytardi.
— Turkiyada hammasi ko'ngildagidekmi? — deya davom etgan savolga esa himoyachi jilmayib: «Turkiyada hammasi joyida», — dedi.
Djikiya «Antalyaspor» safiga o'tgan yozda kelib qo'shilgan. Shu vaqt ichida u 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol muallifiga aylangan.
Hozir «Antalyaspor» Turkiya Superligasi jadvalida 14-o'rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi o'yinini 13-fevral kuni o'z maydonida «Samsunspor»ga qarshi o'tkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!