Atletiko Atalanta yarim himoyachisi Ederson uchun muzokara boshlaydi

Madridning «Atletiko» klubi yana bir bor «Atalanta» safida to‘p surayotgan braziliyalik yarim himoyachi Ederson Lourenso transferi bo‘yicha kelishuvga erishishga urinib ko‘radi. Bu haqda jurnalist Matteo Moretto ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
26 yoshli futbolchining «Atalanta» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan. Ederson so‘nggi mavsumlarda yuqori darajadagi o‘yin ko‘rsatib, Yevropaning bir nechta yirik klublari e’tiboriga tushgan.
Italiya klubi esa yarim himoyachini tarkibda olib qolish niyatida va uni faqat katta mablag‘ evaziga qo‘yib yuborishga tayyor. Qishki transfer oynasida «Atletiko» rad javobini olgach, endi tomonlar mart oyida yana muzokara stoliga qaytishi kutilmoqda.
Joriy mavsumda Ederson 28 uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!