date

Alonso Safonov PSJda mehnati bilan hurmat qozondi

Alonso Safonov PSJda mehnati bilan hurmat qozondi

PSJning sobiq darvozaboni Jerom Alonso parijliklar rossiyalik golkiper Matvey Safonovni jamoada qanday qabul qilayotgani haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Alonsoning aytishicha, u eshitgan ma'lumotlarga ko'ra Safonovni jamoa ichida juda yaxshi ko'rishadi. Uning mehnatkashligi, ayniqsa Donnarumma jamoada bo'lgan davrda ham tinmay ishlagani va maqsad sari qat'iy intilgani hammani o'ziga rom etgan.

Joriy mavsum Fransiya Liga 1 musobaqasida 26 yoshli darvozabon to'rtta uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol o'tkazib yubordi.

Safonov PSJga 2024 yil yozida «Krasnodar»dan o'tgan. Tomonlar o'rtasidagi shartnoma 2029 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi, futbolchining bozor bahosi 15 mln yevroga teng deb ko'rsatilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Alonso Safonov PSJda mehnati bilan hurmat qozondi