Bergkamp Benzema harakatlari bilan yosh hujumchilarni o'rgatganini aytdi

Futbol afsonasi Denis Bergkamp fransuz hujumchisi Karim Benzema haqida fikr bildirib, uning maydondagi o'yini va harakatlanish madaniyatini juda yuqori baholadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bergkampning so'zlariga ko'ra, u yoshlar jamoalarida ishlagan paytida Benzemaning pozitsiya tanlashi va keskin yugurishlarini misol qilib, hujumchilarga aynan shunday harakatlanish kerakligini tushuntirgan. Mutaxassis bu jihatni «aqlbovar qilmas darajada» deya ta'riflab, Benzemaning ryvoklari nihoyatda ta'sirli bo'lganini ta'kidladi.
Eslatib o'tamiz, qishki transfer oynasida Benzema «Al-Ittihod»dan «Al-Hilol»ga ko'chib o'tdi. Joriy mavsumda 38 yoshli futbolchi barcha musobaqalarda 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 19 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!