Djikiya Antalyaspor'dagi holati haqida qisqa izoh berdi

"Antalyaspor" himoyachisi Georgiy Djikiya Turkiyadagi klubidagi vaziyat yuzasidan fikr bildirdi. 32 yoshli futbolchining so'zlari aks etgan videoni "FNL s Ilyovym" telegram-kanali tarqatdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
— "Antalyaspor"dagi ishlaringiz qalay? — degan savolga Djikiya: "Hammasi yaxshi, rahmat", — deya javob berdi.
— Turkiyada hammasi ko'ngildagidekmi? — degan savolga esa u jilmayib: "Turkiyada hammasi joyida", — dedi.
Djikiya "Antalyaspor" safiga o'tgan yozda qo'shilgan. Shundan beri u 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.
Hozirda "Antalyaspor" Turkiya Superligasi turnir jadvalida 14-o'rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi uchrashuvini 13 fevral kuni o'z maydonida "Samsunspor"ga qarshi o'tkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing