Alonso PSJda Safonovni aynan mehnati uchun qadrlashadi

PSJning sobiq darvozaboni Jerom Alonso Parij klubida rossiyalik golkiper Matvey Safonovga munosabat qanday ekanini aytib berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Alonsoning soʻzlariga koʻra, jamoada Safonovni juda yaxshi koʻrishadi va u Donnarumma klubda boʻlgan davrda ham tinmay ishlagani uchun hurmat qozongan. Futbolchilarni uning qat’iyati va maqsad sari intilishi oʻziga rom etgan.
Fransiya Liga 1ning joriy mavsumida 26 yoshli darvozabon toʻrt uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol oʻtkazib yuborgan.
Safonov PSJ safiga 2024 yil yozida “Krasnodar”dan kelib qoʻshilgandi. Uning shartnomasi 2029 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi, transfer qiymati esa 15 million yevroga baholanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing