Jikiya Turkiyadagi holati haqida qisqa javob berdi

"Antalyaspor" himoyachisi Georgiy Jikiya turk klubidagi vaziyati borasidagi savollarga munosabat bildirdi. 32 yoshli futbolchining qisqa izohi "FNL s Ilyovym" telegram-kanalida e'lon qilingan videoda namoyish etildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jikiyadan "Antalyaspor"dagi ishlar qanday ketayotgani so'ralganda, u hammasi joyida ekanini aytdi. Shuningdek, Turkiyada sharoitlar ko'ngildagidekmi, degan savolga futbolchi jilmaygan holda barchasi uni qoniqtirishini ta'kidladi.
Georgiy Jikiya "Antalyaspor" safiga o'tgan yozda kelib qo'shilgan. Shu vaqt ichida u 13 o'yinda maydonga tushib, ikki bor gol urishga ham ulgurdi.
Hozirda "Antalyaspor" Turkiya Superligasi turnir jadvalida 14-o'rinda bormoqda. Jamoaning navbatdagi uchrashuvi 13-fevral kuni o'z maydonida "Samsunspor"ga qarshi bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!