date

PSJ muxlislari xatti-harakati uchun klub jazolanishi mumkin

PSJ muxlislari xatti-harakati uchun klub jazolanishi mumkin

8 fevral kuni Parijning "Park de Prens" stadionida bo'lib o'tgan Fransiya chempionati 21-tur uchrashuvida "PSJ" "Marsel"ni 5:0 hisobida yengdi. Biroq o'yindan keyin diqqat markazida parijliklar muxlislarining noo'rin xatti-harakati qoldi, deb yozadi Le Parisien. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko'ra, "PSJ" tarafdorlari raqib jamoa sha'niga haqoratli shiorlar aytib, xuddi shunday mazmundagi bannerlarni ham namoyish qilgan. Ayrim iboralar irqchilik alomatlari sifatida baholanishi mumkin, ammo nashr bilan gaplashgan huquqshunos buni isbotlash oson bo'lmasligini ta'kidlagan.

Uchrashuv yakuniga 20 daqiqa qolganida tribunada ko'plab fayerlar yoqilgani sababli o'yin vaqtincha to'xtatilgan. "PSJ" rahbariyati esa o'yindan oldinroq muxlislardan bunday harakatlardan tiyilishni so'rab, vaziyatning oldini olishga uringan.

Avvalroq klub muxlislari "Parij" jamoasini haqorat qilganidan so'ng, "PSJ" tribunaning bir qismini qisman yopish jazosi bilan jazolangandi. Endi shunga o'xshash holat yana takrorlangani bois, 18 fevral kuni intizomiy qo'mita bu safar ham "PSJ"ga shunday chorani qo'llashi ehtimoli yuqori.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » PSJ muxlislari xatti-harakati uchun klub jazolanishi mumkin