Di Mariya Argentinada simulyatsiya ayblovlari ostida qoldi

Anxel di Mariya vatani Argentinaga qaytgach, dastlab ijobiy natijalar bilan ko'zga tashlangandi. Biroq oradan ko'p o'tmay uning atrofida salbiy fon kuchaydi: muammo o'yin sifati emas, balki raqiblar va muxlislarning uning maydondagi harakatlaridan norozi bo'layotganidadir. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Argentina chempionatida "Rosario Sentral" safida to'p surayotgan sobiq "Manchester Yunayted" va "Real" futbolchisi tez-tez simulyatsiya qiladi, degan e'tirozlar ko'paymoqda. Mahalliy forumlarda "nega u hiylasi uchun ogohlantirilmaydi", "yulduz bo'lsa ham, bu qiliqlari bezor qildi" va "shunday futbolchi penalti so'rab o'zini tashlayotgani afsus" kabi tanqidiy fikrlar tez-tez uchramoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing