date

Bavariya yozgi transferlarda ehtiyotkor yo'l tutmoqchi

Bavariya yozgi transferlarda ehtiyotkor yo'l tutmoqchi

Myunxenning «Bavariya» klubi yozgi transferlar bo'yicha strategiyasini belgilab oldi. The Touchline xabariga ko'ra, jamoa xavfi past, ammo keyinchalik katta foyda keltirishi mumkin bo'lgan futbolchilarga ustuvorlik bermoqchi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Nemis grandi bir nechta yosh iqtidorlarni tarkibga qo'shishni ko'zlamoqda: ular yoki darhol asosiy jamoada o'ynashga tayyor bo'ladi, yoki vaqt o'tib transfer bozorida qimmatga sotilib, klubga daromad keltiradi.

Shu bois, «Bavariya» bu yil katta yulduzlar ortidan quvishni rejalashtirmoqda, degan gaplar yo'q. Klub ichki resurs va istiqbolli kadrlar bilan yo'lini davom ettirish niyatida.

Hozircha «Bavariya» Germaniya chempionatida peshqadam bo'lib turibdi va asta-sekin Chempionlar ligasi 1/8 finalining mart oyidagi bahslariga tayyorgarlik ko'rmoqda. Raqib esa qish oxirida aniq bo'ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bavariya yozgi transferlarda ehtiyotkor yo'l tutmoqchi