Max messenjeridagi Sferum foydalanuvchilari soni 26 millionga yetdi

Max messenjeri tarkibidagi Sferum taʻlim platformasi jamoasi 2025–2026-oʻquv yili yakunlarini eʻlon qildi. Xizmatning haftalik auditoriyasi 20 million foydalanuvchigacha oʻsdi, roʻyxatdan oʻtganlarning umumiy soni esa 26 million kishini tashkil etdi. Bu haqda Max va Sferum loyihalari ortida turgan VK matbuot xizmati xabar berdi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Foydalanuvchilarning umumiy tarkibidan 2,1 million nafari pedagoglar, 23,9 million nafari esa oʻquvchilar va ularning ota-onalaridir. Platformadagi kundalik faollik koʻrsatkichi 17 million foydalanuvchiga yetmoqda. Yil davomida imtihonlarga tayyorgarlik koʻrish uchun "Postupay" va "Pomoshnik uchenika" kabi yangi servislar ishga tushirildi.
Oʻquv yili davomida elektron kundalik, interaktiv doska va oʻquv kanallari eng ommabop vositalarga aylandi. Raqamli savodxonlikni oshirish maqsadida 200 mingdan ortiq oʻquvchini qamrab olgan "Put v seti" loyihasi amalga oshirildi, pedagoglar uchun esa 1,5 ming ishtirokchiga ega "Puls obrazovaniya" hamjamiyati tashkil etildi.
VK kompaniyasining strategik loyihalar boʻyicha vitse-prezidenti Rustam Xaybullovning soʻzlariga koʻra, xizmatning Max messenjeriga integratsiya qilinishi xavfsizlikni kuchaytirish va platforma funksionalligini sezilarli darajada kengaytirish imkonini berdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!