date

Durdona Qurbonova tug‘ilgan kunida sovg‘asi va libosi bilan barchaning e’tiborini tortdi (video)

Durdona Qurbonova tug‘ilgan kunida sovg‘asi va libosi bilan barchaning e’tiborini tortdi (video)

Aktrisa Durdona Qurbonova Instagram sahifasi orqali quvonchli xabar bilan bo‘lishdi. U joylagan video orqali yana bir yoshni qarshi olganini ma’lum qildi.

Aktrisa post ostiga: “Happy birthday to me. Alhamdulillah”, — deya yozib qoldirdi.

Qurbonova tavallud kunini noodatiy va nafis uslubda nishonladi. Unga o‘zining bo‘yidan ham baland, turli rangdagi chiroyli gullar bilan bezatilgan katta buket sovg‘a qilingani videoda aks etgan. Kadrlarda aktrisaning samimiy quvonchi va hayajoni yaqqol sezilib turadi.

Izohlarda muxlislar uni tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, samimiy tilaklarini bildirishdi. Shu bilan birga, ayrim foydalanuvchilar uning libosi haqida turli fikrlar qoldirib, tanqidiy munosabat ham bildirishgan.

Ma’lumot uchun, Durdona Qurbonova 1998 yil 2 iyun kuni tug‘ilgan. U oiladagi to‘rt farzanddan biri hisoblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Durdona Qurbonova tug‘ilgan kunida sovg‘asi va libosi bilan barchaning e’tiborini tortdi (video)