date

Oppo Reno 16 Pro: 200 MP kamera va 6 700 mA·soat batareya bilan keladi

Oppo Reno 16 Pro: 200 MP kamera va 6 700 mA·soat batareya bilan keladi

Yangi Reno 16 turkumiga oid maʻlumotlar rasmiy anonsdan avval tarqaldi. Oppo Reno 16 Pro smartfoni kameralar, displey va avtonomlik borasida jiddiy yangilanishlarga ega boʻlishi kutilmoqda. Qurilma 1,5K aniqlikdagi, 144 Gs yangilanish chastotasiga ega 6,32 dyuymli AMOLED-displey bilan jihozlanadi va Gorilla Glass 7i himoya oynasiga ega boʻladi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Smartfonning unumdorligi uchun MediaTek Dimensity 8550 chipseti masʻul etib tayinlangan. Kamera tizimi esa haqiqiy flagman darajasida: optik barqarorlashtirishga (OIS) ega 200 MP asosiy sensor, 3,5 karra optik zumli 50 MP teleobʻyektiv va 50 MP oʻta keng burchakli moduldan iborat. Shuningdek, selfi ishqibozlari uchun 50 MP old kamera koʻzda tutilgan.

Qurilmaning eng kuchli jihatlaridan biri — 6 700 mA·soat sigʻimli akkumulyator boʻlib, u 80 W quvvatlanish texnologiyasini qoʻllab-quvvatlaydi. Qoʻshimcha xususiyatlar qatorida alyuminiy rom, stereodinamiklar, NFC va IP69 darajasidagi suv va changdan himoya tizimi mavjud.

Turkumning bazaviy modeli boʻlmish Reno 16 ham eʻtibordan chetda qolmagan. U 120 Gs chastotali 6,32 dyuymli ekran, Snapdragon 7 Gen 4 protsessori va 6 000 mA·soatli akkumulyator bilan taʻminlanishi aytilmoqda. Ikkala model ham ixcham korpusda taqdim etilishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Oppo Reno 16 Pro: 200 MP kamera va 6 700 mA·soat batareya bilan keladi