date

Bavariya kutilmagan transferni amalga oshirishi mumkin

Bavariya kutilmagan transferni amalga oshirishi mumkin

Myunxenning Bavariya klubi shu yozda kutilmagan transferni amalga oshirishga yaqin turibdi. Taniqli insayder Fabrizio Romano bergan maʼlumotlarga koʻra, Anthony Gordon transferi muvaffaqiyatsizlikka uchragach, nemis grandi PSV jamoasi hujumchisi Ismael Saibari nomzodiga eʼtibor qaratgan. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Xabarlarga koʻra, Bavariya va Saibari oʻrtasida muzokaralar allaqachon boshlangan. Marokashlik futbolchi shu yozda Myunxen klubiga qoʻshilishga katta qiziqish bildirmoqda. Hozirda futbolchi PSV rahbariyati tomonidan belgilanadigan transfer narxini kutmoqda. Ismael Saibari uchun kurashda Bavariya bilan bir qatorda Galatasaroy va Pari Sen-Jermen klublari ham ishtirok etmoqda.

Bavariya rahbariyati hujum chizigʻini kuchaytirish uchun universal futbolchi qidirmoqda. Ular ham qanotlarda, ham markazda Harry Kane oʻrnini bosa oladigan oʻyinchiga ehtiyoj sezishmoqda. Avvalroq ushbu rolga asosiy nomzod sifatida koʻrilgan Anthony Gordon 80 million yevro evaziga Barselona safiga oʻtishni maʼqul koʻrdi.

Ismael Saibari oʻzining texnikasi, dinamikasi va gol sezish qobiliyati bilan Bavariya sport direktori Max Eberl eʼtiborini tortgan. Yanvar oyi oxirida Chempionlar ligasi guruh bosqichi doirasida PSV va Bavariya oʻrtasidagi oʻyinda aynan Saibari myunxenliklar darvozasiga gol urib, hisobni tenglashtirgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bavariya kutilmagan transferni amalga oshirishi mumkin