date

Chempionlar ligasi finali uchun rasmiy to'p namoyish etildi

Chempionlar ligasi finali uchun rasmiy to'p namoyish etildi

Chempionlar ligasida umumiy bosqich yakuniga yetdi. Endi navbat pley-offga: 16 jamoa pley-in (styikovoy) raundida to'qnash kelib, 1/8 final yo'llanmasi uchun kurashadi. Umumiy bosqichning eng kuchli sakkiz jamoasi esa 1/8 finalga allaqachon yo'l olgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shu orada UEFA Chempionlar ligasi finalida ishlatiladigan rasmiy to'pni taqdim etdi. Dizayn asosan to'q ranglarda bo'lib, unda oq yulduzlar aks etgan. To'p Adidas tomonidan ishlab chiqarilgan.

2025/2026 yilgi mavsum finali Budapeshtda o'tkaziladi. “Quloqli” kubok uchun hal qiluvchi bahs 30 may, shanba kuni bo'lib o'tadi.

Hozirgi amaldagi chempion — PSJ. O'tgan finalda parijliklar “Inter”ni yirik hisobda mag'lub etib, 5:0 natija qayd etgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Chempionlar ligasi finali uchun rasmiy to'p namoyish etildi