date

Kamp'l Rangnik uni qanday majburlab maydonga tushirgani haqida gapirdi

Kamp'l Rangnik uni qanday majburlab maydonga tushirgani haqida gapirdi

Oilaviy sharoitlar sabab futbolchilik faoliyatini yaqinda yakunlagan sloveniyalik yarim himoyachi Kevin Kamp'l «RB Leypsig»dagi davrlarini eslab, Ralf Rangnik bilan bog'liq kutilmagan voqeani aytib berdi. Uning so'zlariga ko'ra, murabbiy rafiqasi tug'ruq qilayotgan paytda ham uni o'yinga chiqishga majbur qilgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Sening ortingdan samolyot yuboraman, sen bu uchrashuvda o'ynashing shart», degan edi o'shanda Rangnik, deya hikoya qiladi Kamp'l.

Gap «Volfsburg»ga qarshi bahs haqida ketmoqda, o'sha uchrashuvda Rangnik jamoasi 4:0 hisobida g'alaba qozongan. O'yindan keyin esa Kamp'l yanada hayratda qolgan: Rangnik jurnalistlar bilan suhbatda futbolchining o'zi maydonga tushishga jon-dili bilan intilgandek gapirgan, vaholanki, futbolchining aytishicha, vaziyat mutlaqo teskarisi bo'lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kamp'l Rangnik uni qanday majburlab maydonga tushirgani haqida gapirdi