date

Portugaliya Ronaldu boshchiligida JCh finalini nishonga oldi

Portugaliya Ronaldu boshchiligida JCh finalini nishonga oldi

Portugaliya terma jamoasi kelasi yozda bo'lib o'tadigan jahon chempionatida ishtirok etadi. Musobaqa AQSh, Meksika va Kanadada o'tkaziladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

The Touchline xabariga ko'ra, Portugaliya futbol federatsiyasi jamoa oldiga ulkan maqsad qo'ydi — jahon chempionati finaliga chiqish. Terma jamoaning bundan erta bosqichda musobaqani tark etishi federatsiya tomonidan muvaffaqiyatsizlik sifatida baholanadi.

Federatsiya doirasida Portugaliya 2026 yilgi jahon chempionatini yutishga qodir, degan ishonch bor. Jamoa sardori Krishtianu Ronaldu bo'lsa, bosh murabbiy sifatida Roberto Martines ishlamoqda.

Portugaliya terma jamoasining jahon chempionatlaridagi eng yaxshi natijasi — 1966 yildagi uchinchi o'rin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Portugaliya Ronaldu boshchiligida JCh finalini nishonga oldi