date

Djikiya Turkiyadagi holati haqida qisqa izoh berdi

Djikiya Turkiyadagi holati haqida qisqa izoh berdi

«Antalyaspor» himoyachisi Georgiy Djikiya Turkiya klubidagi hozirgi vaziyati yuzasidan fikr bildirdi. 32 yoshli futbolchining so'zlari aks etgan video «FNL s Ilyovym» telegram-kanalida e'lon qilindi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jikiya «Antalyaspor»dagi ishlar qanday ketayotgani haqidagi savolga «hammasi yaxshi» deya javob berdi. Turkiyadagi sharoitlar ham uni to'liq qoniqtirayotganini, barchasi joyida ekanini tabassum bilan ta'kidladi.

Djikiya o'tgan yozda «Antalyaspor» safiga qo'shilgan. Shundan beri u 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol muallifiga aylangan.

Hozir «Antalyaspor» Turkiya Superligasi turnir jadvalida 14-o'rinda bormoqda. Jamoaning navbatdagi o'yini 13-fevral kuni o'z maydonida «Samsunspor»ga qarshi bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Djikiya Turkiyadagi holati haqida qisqa izoh berdi