date

Manuel Noyer Germaniya terma jamoasiga qaytmasligini tasdiqladi

Manuel Noyer Germaniya terma jamoasiga qaytmasligini tasdiqladi

“Bavariya” darvozaboni Manuel Noyer Germaniya terma jamoasiga ehtimoliy qaytishi borasidagi savollarga aniq javob berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

JCh oldidan germaniyaliklar darvozabonlar masalasida muammolarga duch kelayotgani sabab ommaviy axborot vositalarida so‘nggi oylarda Noyerning bundesjamoaga qaytishi mumkinligi tez-tez muhokama qilinmoqda. Tez orada 40 yoshga kiradigan tajribali posbon atrofidagi gap-so‘zlar ham shundan.

Chorshanba kuni Myunxen klubi Germaniya kubogi 1/4 finalida “RB Leyptsig”ni 4:0 hisobida mag‘lub etdi. O‘yin yakunida jurnalistlar Noyerdan terma jamoadagi faoliyatini butunlay yakunlagan-yakunlamagani haqida so‘rashdi va “Bavariya” sardori qisqa qilib: “Ha”, — deya javob berdi.

Eslatib o‘tamiz, Manuel Noyer 2024 yilda Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Manuel Noyer Germaniya terma jamoasiga qaytmasligini tasdiqladi