Manuel Noyer Germaniya terma jamoasiga qaytmasligini tasdiqladi

«Bavariya» darvozaboni Manuel Noyer Germaniya terma jamoasiga ehtimoliy qaytishi haqidagi savollarga aniqlik kiritdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jahon chempionati arafasida nemislar darvozabon pozitsiyasida muammolarga duch kelayotgani sababli, matbuotda bir necha oydan beri tez orada 40 yoshga to‘ladigan Noyer yana bundes jamoaga qaytishi mumkinligi haqida gap-so‘zlar tinmadi.
Chorshanba kuni «Bavariya» Germaniya Kubogi 1/4 finalida «RB Leyptsig»ni 4:0 hisobida yengdi. Uchrashuvdan so‘ng jurnalistlar Noyerdan terma jamoadan ketishi yakuniy qarormi, deb so‘rashdi. «Ha», — deya qisqa javob berdi myunxenliklar sardori.
Eslatib o‘tamiz, Manuel Noyer 2024 yilda Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing