Di Mariya Argentinada simulyatsiya ayblovlari ostida qoldi

Anxel di Mariya vatanga qaytgach, dastlabki ijobiy natijalardan keyin murakkab davrga duch keldi. Bu safar muammo uning o'yinidan ko'ra ko'proq raqiblar va muxlislar noroziligi bilan bog'liq: ular di Mariya maydonda tez-tez simulyatsiya qiladi, deb hisoblamoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Argentina chempionati muhokama qilinadigan forumlarda «Nega di Mariyani hiylalari uchun hech qachon ogohlantirishmaydi», «Di Mariya yulduz, lekin uning nayranglari endi chidab bo'lmas», «shuncha saviyadagi futbolchining penalti so'rab, ataylab yiqilishi achinarli» kabi izohlar ko'paygan. Sobiq «Manchester Yunayted» va «Real» futbolchisi hozirda «Rosario Sentral» safida maydonga tushmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing