date

UEFA Chempionlar Ligasi finali uchun yangi toʻpni tanishtirdi

UEFA Chempionlar Ligasi finali uchun yangi toʻpni tanishtirdi

Chempionlar Ligasida umumiy bosqich yakuniga yetdi. Endi navbat pley-offga: 16 jamoa styk bosqichida maydonga tushib, 1/8 final uchun sakkizta yoʻllanma ustida bahs olib boradi. Umumiy bosqichning eng kuchli sakkiz jamoasi esa allaqachon 1/8 finalga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻl oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shu orada UEFA Chempionlar Ligasi finali uchun moʻljallangan rasmiy toʻpni taqdim etdi. U qoramtir ranglarda ishlangan bo‘lib, unda oq yulduzlar aks etgan. Toʻp Adidas kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan.

2025/2026 yilgi mavsum Chempionlar Ligasi finali Budapeshtda o‘tkaziladi. “Quloqli” sovrin uchun hal qiluvchi uchrashuv 30-may, shanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Hozirgi amaldagi chempion — “PSJ”. O‘tgan finalda parijliklar “Inter”ga imkon qoldirmay, 5:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » UEFA Chempionlar Ligasi finali uchun yangi toʻpni tanishtirdi