Ronalduning mashg'ulotida qizi ham ishtirok etdi

Krishtianu Ronalduning jufti Jorjina Rodriges ijtimoiy tarmoqlarda yangi surat bilan bo'lishdi. Kadrda yulduz hujumchi sport zalida gantellar bilan shug'ullanayotgani, uning yonida esa qizlaridan biri ham mashg'ulotga qo'shilgani aks etgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Suratda 41 yoshli futbolchi og'irliklar bilan ishlayotgan bo'lsa, qizi ham qo'lida kichik, pushti rangli mini-gantellarni ushlab turgan. Jorjina suratga qisqa izoh qoldirib, “Dada”, deb yozdi.
Avvalroq Rodriges Ronalduni tug'ilgan kuni bilan tabriklagan post ham joylagan edi. Qizig'i, u tabrikni futbolchining 41 yoshga to'lgan kunidan bir kun o'tib e'lon qilgan.
Shuningdek, Krishtianu Ronaldu “Al-Nasr”ning so'nggi bir nechta uchrashuvlarida maydonga tushmadi. OAVda esa portugaliyalik futbolchi klub boshqaruvidan norozi bo'lgani sabab o'yinlarni boykot qilayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!