date

Ronalduning qizi bilan zalda mashg'ulot qilgani ko'rsatildi

Ronalduning qizi bilan zalda mashg'ulot qilgani ko'rsatildi

Krishtianu Ronalduning jufti Jorjina Rodriges ijtimoiy tarmoqlarda yangi surat ulashdi. Kadrda yulduz hujumchi sport zalida gantellar bilan shug'ullanayotgani aks etgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

41 yoshli futbolchi yonida uning qizlaridan biri ham bor. Qizi ham gantel ko'targan, biroq u kichik, pushti rangli mini gantellar edi. Jorjina suratga "Dada" deb izoh qoldirgan.

Avvalroq Jorjina Ronalduni tug'ilgan kuni bilan tabriklagan post joylagan, biroq u futbolchining 41 yoshga to'lganidan bir kun o'tib e'lon qilingani bilan e'tiborni tortgandi.

So'nggi paytlarda Ronaldu "Al-Nasr"ning bir necha uchrashuvini o'tkazib yubordi. OAVda portugaliyalik futbolchi klub boshqaruvidan norozi bo'lgani sababli o'yinlarni boykot qilayotgani haqida xabarlar ham tarqalgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronalduning qizi bilan zalda mashg'ulot qilgani ko'rsatildi