Denis Makarov jarohat sabab noma’lum muddatga safdan chiqdi

Turkiyaning “Kayserispor” klubida to‘p surayotgan rossiyalik yarimhimoyachi Denis Makarov noma’lum muddatga maydonga tusha olmaydi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Klub ma’lumotiga ko‘ra, tekshiruvlar davomida futbolchining o‘ng sonining yuqori qismida mushaklar guruhi sohasida yengil jarohat va shish aniqlangan. Hozirda davolanish jarayoni davom etmoqda.
Makarov “Kayserispor” safida 3 fevral kuni “Galatasaroy”ga qarshi o‘yinda debyut qilgandi. Uchrashuv 0:4 hisobida yakunlangan, jamoa esa turnir jadvalida 17-o‘rinda borib, quyi ligaga tushib ketmaslik uchun kurash olib bormoqda. Avvalroq Makarov Moskvaning “Dinamo” klubida o‘ynagan va jamoani erkin agent sifatida tark etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing