date

Jezush Ronalduga dam berdi va sababini tushuntirdi

Jezush Ronalduga dam berdi va sababini tushuntirdi

“Al-Nasr” bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Er-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida “Arkadag”ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik hujumchi tez orada safga qaytishi kutilayotgan bo‘lsa-da, bu o‘yinda ham uning ishtiroki ko‘zda tutilmadi.

“Jadval juda tig‘iz. Shu sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir qator futbolchilarga dam berishga qaror qildik. Oldinda “Al-Fateh”ga qarshi muhim uchrashuv bor”, — dedi Jezush. Uning so‘zlarini Al Nassr Zone keltirdi.

Murabbiy Ronalduga dam berish “yangilik” emasligini ham ta’kidladi: superyulduz Saudiya Arabistonidan tashqarida o‘tadigan ayrim o‘yinlarda avval ham maydonga tushmagan.

Saudiya chempionatida “Al-Fateh” — “Al-Nasr” uchrashuvi shanba kuni, 14-fevralda bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jezush Ronalduga dam berdi va sababini tushuntirdi