Boka Xuniors sport direktori lavozimiga Marselo Delgado tayinlandi

Argentina grandi «Boka Xuniors» klubida sport direktori almashdi: ushbu lavozimga Marselo Delgado tayinlangani rasman e’lon qilindi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqindan hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko‘ra, «Boka» tarkibni tez fursatda kuchaytirishga muhtoj. Shu bois Delgado va Rikelme dueti transferlar va jamoani mustahkamlash masalalarida faol ish olib borishi kutilmoqda.
Delgado futbolchilik faoliyatida ham tanilgan: u Argentina terma jamoasida 1995–2002 yillarda 18 ta uchrashuv o‘tkazgan va 1998 yilgi Jahon chempionatida ham ishtirok etgan.
Shuningdek, u 2003 yilda Libertadores kubogining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan. Delgado bu natijani «Santos» hujumchisi, braziliyalik Rikardo Oliveyra bilan birga qayd etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!