date

Krishtianu Ronaldu qizi bilan birga mashg'ulot o'tkazdi

Krishtianu Ronaldu qizi bilan birga mashg'ulot o'tkazdi

Jorjina Rodriges ijtimoiy tarmoqlarda Krishtianu Ronaldu ishtirokidagi yangi suratni ulashdi. Kadrda hujumchi sport zalida gantellar bilan mashq qilayotgani, uning yonida esa qizlaridan biri ham kichik, pushti rangli gantellarni ko'tarib turgani ko'rinadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Surat ostiga Jorjina qisqa izoh qoldirdi: «Dada».

Avvalroq Rodriges Ronaldu tug'ilgan kuni munosabati bilan tabrik postini ham e'lon qilgandi. Qiziq tomoni, u futbolchining 41 yoshga to'lgan kunidan keyingi kuni joylangan.

Shu orada Ronaldu «Al-Nasr»ning so'nggi bir nechta o'yinlarini o'tkazib yubordi. OAVda esa portugaliyalik yulduz klub boshqaruvidan norozi bo'lgani sababli uchrashuvlarni boykot qilayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Krishtianu Ronaldu qizi bilan birga mashg'ulot o'tkazdi