Di Mariya Argentinada simulyatsiya ayblovlari ostida qoldi

Anxel di Mariya vataniga qaytdi va dastlabki o'yinlardan keyin vaziyat keskin o'zgardi. Bu safar gap natijalardan ko'ra ko'proq raqiblar va muxlislar noroziligida: ular tajribali futbolchi maydonda tez-tez yiqilib, hakamni aldashga urinadi, deb hisoblamoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Argentina chempionati muhokama qilinadigan forumlarda di Mariyaning harakatlari qattiq tanqidga uchramoqda. “Nega di Mariyaning hiylalariga hech qachon ogohlantirish berilmaydi?”, “U yulduz, ammo bunday epizodlar zeriktirib yubordi”, “shunday mahoratli futbolchi penaltini so'rab uyalmay yiqilgani achinarli” kabi izohlar ko'paygan. Sobiq “Manchester Yunayted” va “Real” futbolchisi hozir “Rosario Sentral” safida maydonga tushmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing