Jorje Jezush Ronalduga dam berilganini ma'lum qildi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronalduning navbatdagi uchrashuvni o‘tkazib yuborish sababini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Er-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi maydonga tushadi. Portugaliyalik yulduz hujumchi boykotdan so‘ng yaqin orada safga qaytishi kutilayotgandi, biroq bu o‘yinda ham u jamoaga yordam bera olmaydi.
Jezushning aytishicha, zich taqvim tufayli murabbiylar shtabi Ronalduni va asosiy tarkibdagi ayrim futbolchilarni asrashga qaror qilgan. Sababi, oldinda «Al-Fateh»ga qarshi muhim bahs turibdi.
«Ronalduga dam berish — yangilik emas. Bu uning Saudiya Arabistonidan tashqarida o‘tkaziladigan o‘yinlarda ilk bor maydonga tushmayotgani emas», — deya Jezushning so‘zlarini keltiradi Al Nassr Zone.
Saudiya chempionatining «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi shanba kuni, 14-fevralda bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!