Arbeloa Karvaxal bilan suhbatdan so'ng Ximenesni Kastiliyaga qaytardi

Madridning «Real» jamoasi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa o'ng qanot himoyachisi David Ximenesni yana «Kastiliya» tarkibiga tushirishga qaror qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
21 yoshli futbolchi yaqinda La Ligada «Valensiya»ga qarshi o'yinda (2:0) asosiy tarkibda maydonga tushib, o'zini yaxshi tomondan ko'rsatgandi. OAV xabarlariga ko'ra, u murabbiy kutganidan ham yuqori taassurot qoldirgan.
Biroq Marca yangilagan ma'lumotlariga ko'ra, Arbeloa vaziyatni Daniel Karvaxal bilan muhokama qilib, baribir Ximenesni ikkinchi jamoaga qaytarishga qaror qilgan. Go'yo 34 yoshli tajribali himoyachi shaxsiy suhbatda o'zining asosiy tarkibga tayyorligini murabbiyga isbotlay olgan.
Endi Karvaxal yaqin o'yinlarda asosiy tarkibga qaytishi kutilmoqda. Uning pozitsiyasida esa jarohatdan forig' bo'lgan Trent Aleksander-Arnold raqobat yaratadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!