date

Djikiya Antalyaspor dagi holati haqida qisqa javob berdi

Djikiya Antalyaspor dagi holati haqida qisqa javob berdi

"Antalyaspor" himoyachisi Georgiy Djikiya Turkiyadagi faoliyati qanday ketayotgani borasida fikr bildirdi. 32 yoshli futbolchining so'zlari aks etgan videoni "FNL s Ilyovym" telegram-kanali ulashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jikiya klubdagi holati haqida berilgan savolga "hammasi yaxshi" deya javob qaytardi. U Turkiyadagi sharoitlar va muhitdan mamnun ekanini ham tabassum bilan tasdiqladi.

Djikiya "Antalyaspor" safiga o'tgan yozda qo'shilgandi. Shundan beri u jamoa tarkibida 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.

Hozirda "Antalyaspor" Turkiya Superligasi turnir jadvalida 14-o'rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi o'yinini 13-fevral kuni o'z maydonida "Samsunspor"ga qarshi o'tkazadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Djikiya Antalyaspor dagi holati haqida qisqa javob berdi