date

Aldo Serena Milan Skudetto uchun kurashadi deb hisoblaydi

Aldo Serena Milan Skudetto uchun kurashadi deb hisoblaydi

Italiyaning “Inter” klubida to‘p surgan sobiq hujumchi Aldo Serena joriy mavsumda “neradzurrilar”ning asosiy raqibi bo‘lib turgan “Milan” imkoniyatlarini yuqori baholadi. Uning fikricha, Massimiliano Allegri boshchiligidagi jamoa hozircha raqibidan besh ochko ko‘proq yo‘qotganiga qaramay, chempionlik poygasida oxirgi turgacha kurash olib boradi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Serenaning ta’kidlashicha, “Milan”ning poygada qolayotganiga sabablar bor: “Inter” Yevropa Chempionlar ligasida ham o‘ynaydi va bu turnir ko‘p kuch hamda energiya talab qiladi. U hatto chempionlik uchun bahsda “Milan”ni favorit sifatida ham ko‘rayotganini bildirdi, deya keltiradi pianetamilan.it.

Mart oyi boshida “Milan” va “Inter” o‘zaro derbida maydonga tushadi. Uchrashuv 8-mart kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Aldo Serena Milan Skudetto uchun kurashadi deb hisoblaydi