date

Aldo Serena Milan Skudetto uchun kurashda qoladi dedi

Aldo Serena Milan Skudetto uchun kurashda qoladi dedi

Italiyaning «Inter» jamoasida hujumchi bo‘lib o‘ynagan Aldo Serena bu mavsum «Inter»ning asosiy raqibi «Milan» imkoniyatlarini yuqori baholadi. Uning fikricha, Massimiliano Allegri boshchiligidagi jamoa hozircha besh ochko ortda borayotgan bo‘lsa-da, chempionlik poygasida oxirgi turgacha taslim bo‘lmaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Serena «Milan»ning da’vosi saqlanib qolayotganini «Inter»ning Yevropa Chempionlar ligasidagi ishtiroki bilan ham izohladi: u yerda o‘yinlar og‘ir va kuch talab qiladi. «Shu sababli men «Milan»ni chempionlik uchun kurashda hatto favorit sifatida ham ko‘ryapman», — deya uning so‘zlarini pianetamilan.it keltirdi.

Mart oyi boshida «Milan» va «Inter» o‘zaro uchrashuv o‘tkazadi — derby 8-mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Aldo Serena Milan Skudetto uchun kurashda qoladi dedi