Jikiya Antalyaspor'dagi holati bo'yicha savollarga javob berdi

«Antalyaspor» himoyachisi Georgiy Jikiya Turkiyadagi klubdagi vaziyati haqida fikr bildirdi. 32 yoshli futbolchining qisqa izohi «FNL s Ilyovym» telegram-kanali e'lon qilgan videoda paydo bo'ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jikiyadan «Antalyaspor»dagi ishlari qanday ketayotgani so'ralganda, u hammasi joyida ekanini aytdi. Shuningdek, futbolchi Turkiyadagi sharoitlar to'liq ma'qul kelayotganini kulimsirab tasdiqladi.
Jikiya o‘tgan yozda «Antalyaspor» safiga qo‘shilgan. Shu vaqtga qadar u 13 uchrashuvda maydonga tushib, ikki bor gol urdi.
Hozirda «Antalyaspor» Turkiya Superligasi turnir jadvalida 14-o‘rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi o‘yinini 13 fevral kuni o‘z maydonida «Samsunspor»ga qarshi o‘tkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing