date

Bavariya Laimerning maoshini oshirish talabi bilan yuzlashdi

Bavariya Laimerning maoshini oshirish talabi bilan yuzlashdi

«Bavariya» Konrad Laimer bilan yangi shartnoma bo'yicha hozircha umumiy kelishuvga kela olmadi. Avstriyalik futbolchining amaldagi bitimi 2027 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan bo'lsa-da, Myunxen klubi uni oldindan uzaytirmoqchi, biroq muzokaralar oson kechmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bild xabariga ko'ra, Laimerning vakillari bonuslar bilan birga yiliga 15 mln yevro maosh so'ramoqda. Klub tomoni esa bundan pastroq summa taklif qilgan. Hozirda 28 yoshli futbolchi «Bavariya»da yiliga taxminan 8–9 mln yevro atrofida daromad oladi.

Laimer esa Vensan Kompani jamoasidagi hozirgi roli va maqomini inobatga olib, maosh oshirilishini munosib deb hisoblayapti. 2023 yildan beri «Bavariya» safida to'p surayotgan yarim himoyachi keyinchalik o'ng qanot himoyachisi pozitsiyasiga ham moslashib olgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bavariya Laimerning maoshini oshirish talabi bilan yuzlashdi